Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon otilishi oqibatida kamida besh nafar fuqaro halok bo‘lgan. Bu haqda New Zealand Herald xabar berdi.

Foto: YouTube

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 18 nafar odam turli darajada kuygan va jarohat olgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar orasida xorijlik borligi xabar qilingan. Orolda qolgan odamlar sonining qancha ekani oshkor etilmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Avval Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern vulqon otilgan vaqtda uning yaqinida 100 nafar atrofida odam bo‘lgani va ularning turistlar ekanini ma’lum qilgandi. Keyinroq mahalliy hokimiyat vakillari vulqon otilgan vaqtda uning yaqinida taxminan 50 nafar fuqarolar bo‘lganini bildirgan.

От qwert.uz