Xushmuomalaligi sababli o‘limdan omon qolgan qiz haqidagi video

Bu voqea baliqni muzlatib saqlaydigan korxonalardan birida bo‘lgan edi. Bir kuni korxona ishchilaridan biri shu kungi oxirgi ishini yakunlab qo‘yish uchun baliq saqlaydigan muzlatgichga kiradi. U muzlatgich ichida ishlab turgan paytda to‘satdan uning eshigi qulflanib qoladi  — deb bu

haqda «Daryo» nashri xabar beradi . U qancha urinmasin, eshikni ocha olmaydi. Bor ovozi bilan qichqirib, boshqa ishchilarni yordamga chaqira boshlaydi. Lekin ish vaqti tugab, korxonada hech kim qolmagan edi. Besh soatlar chamasi vaqt o‘tib, sovuqdan u kishi deyarli o‘lishiga yaqin qolgan paytda to‘satdan korxonaning qorovuli muzlatgichning eshigini ochib, uni qutqarib qoladi.

Korxona mudiri qorovuldan: “U ishchi boshqa ishchilar bilan korxonadan chiqib ketmaganini, uning zavodda qolganini qayerdan bildingiz?”, deb so‘raganida, u: “Men bu korxonada o‘ttiz yildan beri ishlayman. Korxonaga har kuni yuzlab ishchilar kirib chiqadi. Lekin bu ishchidan boshqa birortasi har kuni men bilan salomlashib, hol-ahvolimni so‘ramas edi. Shu kuni kechki payt undan shu so‘zlarni ya’ni salomlashib, mendan hol-ahvol so‘rashini eshitmadim va ishchilar chiqish vaqtida ularning orasidan uni qidirib topmadim. Shundan bildimki, u hali ham shu yerda ekan. So‘ng korxonaga kirib, uni qidirdim va nihoyat topdim”, deb javob berdi.