O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasi mamlakatda aviachiptalar narxini arzonlashtiruvchi chora-tadbirlarni ham ko‘zda tutadi. Hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Farmon loyihasiga ko‘ra, mahalliy va xorijiy kompaniyalarni olib kirilgan aviayoqilg‘i va yoqilg‘i-moylash materiallari, shuningdek, aviayoqilg‘i va yoqilg‘i-moylash materiallari tayyorlash maqsadida olib kelinadigan xomashyo uchun bir necha yilga bojxona to‘lovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, xorijiy aviakompaniyalardan tranzit vaqtida ko‘rsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzlari uchun jarima olishni to‘xtatish ko‘zlanmoqda.
Foto: “Gazeta.uz”

O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalarini esa ishlab chiqarilganiga 10 yil to‘lmagan, TIF tovar raqami 8802, 8803 va 8805 bo‘lgan samolyotlarni olib kirganlik uchun bojxona bojlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda. Bunday imtiyozni faqat mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan dunyo brendlarining alkogol mahsulotlari va xizmat ko‘rsatish jihozlariga ham qo‘llash taklif qilinmoqda.
Havo kodeksiga esa qaytarilmaydigan va yuksiz tariflardan foydalangan holda aviatashuvlar narxini optimizatsiya qilish mexanizmini joriy qilishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish kiritish rejalashtirilgan.