Isroillik erkak qo‘shni ayolni o‘zbekcha so‘kkani uchun 13 ming dollar jarimaga tortildi
Flastinning Ramla shahrida jahon sudi turar joy aholisi yig‘ilishida qo‘shnisini haqorat qilgan shaxsga 46 ming shekel (13 ming dollar) jarima to‘lash majburiyatini yukladi, deb yozmoqda “Vesti”.
Qayd etilishicha, erkak qo‘shi ayolni omma oldida “o‘g‘ri”, “firibgar”, “yolg‘onchi” va o‘zbekchada “fohisha” so‘zini anglatuvchi so‘zlar bilan haqoratlagan. Sud ishi bir necha yil davom etgan. Voqea haqida esa 11-dekabr, chorshanba kuni ma’lum bo‘lgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Ma’lum bo‘lishicha, davogar ayol 2013—2015-yillarda turar-joy qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan. Uch yil avval o‘tkazilgan turar-joy qo‘mitasi yig‘ilishlaridan birida uni “Bir qancha so‘zlar bilan haqoratlagan va shu yerda yashovchi aholiga qarshi qayragani” uchun qo‘shni erkakni sudga bergan.
Ayblanuvchi bularni rad etib, o‘zbek tilida bunday haqoratli so‘z umuman yo‘qligini ta’kidlagan, ammo sud guvohlar va suhbat paytida yozib olingan audio orqali tasdiqlangan jabrlanuvchi ayolning da’vosini qabul qilgan.
Ayol o‘z da’vosida yetkazilgan ma’naviy zarar uchun qonunda belgilangan eng yuqori kompensatsiya — 140 ming shekel (40 ming dollar) talab qilgan. Biroq sud sudlanuvchining ommaviy rezonansga ega emasligi, tomonlar qo‘shni bo‘lgani uchun binodan foydalanishda o‘zaro hamkorlikka intilish kerakligini ta’kidlagan.
Shu sababli sud aybdordan 40 ming shekel miqdorida jarima hamda sud ishi va advokat xarajatlari uchun 6 500 shekel undirishni belgilagan.