Shahar va tumanlarda noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va haydovchilar tomonidan yo‘lkira narxlarini sun’iy ravishda oshirishning oldini olish maqsadida Andijon viloyatida maxsus reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmatixabar berdi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Viloyat prokuraturasi, viloyat monopoliya boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi hamda viloyat transport boshqarmasi xodimlaridan iborat tarkibda 8 ta reyd guruhlari shakllantirilib, Andijon viloyatining muayyan hududlariga biriktirildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Qo‘shma reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, avtotransport vositasini texnik ko‘rikdan, haydovchilari esa tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan holda yo‘nalishlarga chiqib faoliyat yuritayotgan, shuningdek, yo‘lkira narxlarini asossiz ravishda oshirib olgan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universiteti talabalari shahardagi 222-yo‘nalish “Pistamozor – Markaziy shahar shifoxonasi” va 75-yo‘nalish “Andijon davlat universiteti – Yangibozor” haydovchilari tomonidan yo‘lkira narxi assosiz ravishda oshirib olingani borasida xabarlar tarqalgan edi.

12-dekabr kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan qo‘shma reyd tadbirida jami 21 nafar litsenziyasiz noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan haydovchilar aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Mavzuga doir: Olmaliqda yo‘lkira narxi e’lon qilinmay oshirilishi tanqid qilindi. Toshkent viloyati hokimligi mas’ullarni qat’iy ogohlantirdi

Shuningdek, 5 nafar haydovchilar texnik va tibbiy ko‘riklardan o‘tmaganligi, 36 nafari belgiga amal qilmaganligi, 31 nafari yo‘lovchi tashish qoidasini buzganligi va 9 nafari yo‘l kira narxlarini o‘zboshimchalik bilan oshirib olganligi uchun jami 102 ta ma’muriy bayonnomalar tuzildi.

От qwert.uz