Parollarni saqlovchi dasturiy ilovalarni ishlab-chiqaruvchilar eng ommalashgan parollar ro‘yxatini tuzib chiqdilar — agar ro‘yxatda sizning xam parolingiz bor bo‘lsa, u xolda zudlik bilan uni almashtiring —  deb yozadi «Mail.ru Hi-Tech» agentligi.

NordPass xizmati (servisi) ning blogida 2019 yilda ommaviy tarzda ma’lumotlarning oshkor bo‘lish xolatlari kuzatilgan eng ko‘p ishlatiladigan parollar ro‘yxatini to‘pladilar.

Ushbu reyting 500 million yozuv ichidan saralab olingan.

pixabay.com / CC0

Ro‘yxatdan raqamlarning, oddiy so‘zlarning, xarf birikmalarining, ommalashgan ayollar ismlari va albatta klassik variant «password» so‘zi kabilarning standart kombinatsiyalari o‘rin olgan,

Xar bir parolga arxivdagi takrorlanishlar sonini qo‘shib yozib chiqildi. «123456» kabi oddiy ketma-ketliklardan iborat takrorlanishlarning qay darajada ommalashganligi xayron qoldiradi.

2019 yilning eng ommalashgan parollari ro‘yxati quyidagi ko‘rinishga ega:

  1. 12345 — 2,8 million marta
  2. 123456 — 2,4 million marta
  3. 123456789 — million marta
  4. test1 — 990 ming marta
  5. password — 830 ming marta
  6. 12345678 — 512 ming marta
  7. zinch — 483 ming marta
  8. g_czechout — 372 ming marta
  9. asdf — 359 ming marta
  10. qwerty — 348 ming marta

NordPass. servisi blogi da ro‘yxatning to‘liq matnini ko‘rish mumkin.

Odatda, Internetdagi akkauntlarni buzish uchun tajovuzkorlar parollar yig‘indisidan foydalanadilar. Avvalo, ular eng mashhur variantlarni tekshiradilar, shuning uchun sizning parolingiz ushbu ro‘yxatda bor bo‘lsa, uni o‘zgartirish yaxshiroqdir. Turli registrlardagi harflarni ishlatish, qo‘shimcha belgilar bilan murakkab kombinatsiyalardan foydalanish yaxshiroqdir. Qo‘shimcha himoyalanishni yo‘lga qo‘yish uchun siz ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanishingiz lozim bo‘ladi

От qwert.uz