Kontaktlaringizni qanday qilib yangi smartfonga ko‘chirib o‘tkazish mumkin?

Bu usullar, ya’ni tugmali uyali telefonlardan tortib toki Android va iOS o‘rtasidagi kontaktlarni ko‘chirishga qadar barchaga maqul tushadi.

Тасвир: Depositphotos

Yangi telefonni sotib olganingizdan keyin birinchi qiladigan ishingiz — bu barcha kontaktlaringizni o‘tkazish. Yaxshiyamki, buni qo‘lda bajarishingiz shart emas (ya’ni bittalab o‘tkazish jarayoni nazarda tutilmoqda). Garchi bu ham o‘ziga yarasha bir variant xisoblanib (bittalab o‘tkazish), qo‘shimcha ravishda kontaktlarni saralash orqali siz tartibni qayta tiklashingiz mumkin: keraksiz raqamlarni o‘chirasiz, nomini o‘zgartirasiz yoki qo‘shimcha qilasiz. Boshqa barcha holatlarda boshqacha bir tezkor usullarni qo‘llash yaxshiroqdir —  deb yozadi «Mail.ru Hi-Tech» agentligi.

Ushbu maqolada biz kontaktlarni uzatish uchun tashqari tomondagi dasturlardan foydalanishni tavsiya etmaymiz. Qoidaga ko‘ra, barchasi standart usullar bilan xam amalga oshirilishi mumkin. Agar
Nokia PC Suite.1 dan foydalanib, eski Nokia dan kontaktlarni o‘chirish vazifasi bilan duch kelmasangiz, albatta.

1

Kontaktlarni SIM karta yordamida o‘tkazish

Eski tugmali qurilmalardan tortib yuqori darajali smartfonlargacha har qanday uyali telefonlar uchun mos keladigan usul. SIM kartaning formati haqida gapirishga arziydigan yagona narsa. Zamonaviy SIM kartalar endilikda universal tarzda chiqariladi, ya’ni o‘zingiz kerakli hajmni tanlashingiz mumkin.

Тасвир: Wikipedia

Bu muammo faqat kontaktlarni katta SIM kartaga ega bo‘lgan eski telefondan uzatish kerak bo‘lganda yuzaga keladi. Bunday holda, uni kesish mumkin, Internetda buni qanday qilish kerakligi haqida ko‘plab ko‘rsatmalar mavjud.

Android bilan ishlaydigan smartfonlarda kontaktlarni SIM — kartadan import qilish va unga eksport qilish juda oson. Buni amalga oshirish uchun telefondagi kontaktlarga o‘ting, so‘ng o‘ng tomonning yuqori burchagida uchta nuqta bo‘lgan belgini bosing va «Import / Eksport» — ni tanlang. Keyinchalik, kontaktlarni qayerdan va qayerga o‘tkazishni tanlashingiz mumkin. So‘ngra, SIM kartani qayta joylashtiring va teskari tartibni yangi telefonda bajaring.


iPhone da standart usulda kontaktlarni SIM — kartaga o‘tkazish imkoniyati yo‘q, tizim faqat kontaktlarni import qilishga imkon beradi

Zamonaviy SIM — kartalar faqat 100-200 ta kontaktnigina o‘z ichiga oladi xolos. Shuning uchun, agar
SIM kartangiz qabul qilishi mumkin bo‘lgan raqamlaringiz ko‘p bo‘lsa, u xolda boshqa usulni tanlash lozim.

2

.vcf. fayli yordamida kontaktlarni ko‘chirish usuli

Operatsion tizimdan foydalanib, kontaktlarni boshqa qurilmalarga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan .vcf, kengaytmali maxsus faylga tushirishingiz mumkin. Shunday qilib, siz barcha kontaktlarni yoki ulardan faqat ba’zilarini ko‘chirishingiz mumkin. Ikkinchi variant, siz o‘z kontaktlaringizni o‘z tanishlaringiz bilan baham ko‘rishingiz kerak bo‘lganda qulaydir.

Siz hamma narsani yoki deyarli hamma narsani yuborishingiz kerak bo‘lganda, telefondagi kontaktlarga o‘ting, so‘ngra yuqori o‘ng burchakdagi uchta nuqta ustiga bosing va «Import / Eksport» -ni tanlang. Qabul qilgich sifatida sd kartani yoki ichki diskni ko‘rsating. Keyinchalik, siz faylni yangi qurilmada ochishingiz kerak, masalan, unga SD-kartani joylashtirgan xolda.

Kontaktlar faylini SD-kartada yoki ichki xotiradan topish mumkin va boshqa usul bilan, masalan, «oblako», veb pochta orqali yoki hatto «fleshka» orqali uzatilishi mumkin.

Faqat ayrim kontaktlarni tanlash uchun «Kontaktlar» ilovasiga o‘ting (qo‘ng‘iroqlardan emas, menyu ichidagi alohida dasturdan, ) va chekboks paydo bo‘lguncha barmog‘ingiz bilan yozuvlarning birini bosib turing. bluetooth, sd-karta yoki messendjerni belgilang va «Yuborish» («Otpravit») ni bosing.

3

Kontaktlarni Google akkauntlari yordamida ko‘chirish

Agar siz kontaktlarni yangi telefonga o‘tkazishingiz kerak bo‘lsa va siz hozir ular saqlangan akkauntdan foydalansangiz, unda bu eng oson usul. Odatda, barcha kontaktlar Google akkaunti bilan sinxronlashtirilishi lozim. Har bir narsa kerakli darajada ishlayotganini tekshiring. Sozlamalarda «Hisob qaydnomalari» («Akkaunt») ga o‘ting va Google — ni tanlang. Kerakli tugma («Pereklyuchatel») yoqilganligiga va kontaktlar sinxronlashayotganligiga ishonch hosil qiling. Endi siz faqatgina yangi telefonda o‘z akkauntingizga kirishingiz kerak bo‘ladi va qolgan hamma narsa o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

Agar to‘satdan biron bir sababga ko‘ra sinxronizatsiya o‘chirilgan bo‘lsa, uni yoqing

Agar siz kontaktlarni yangi akkauntga, dasturga yoki iPhone — ga o‘tkazishingiz kerak bo‘lsa, unda bu ham amalga oshirilishi mumkin. Google kontaktlaringizga brauzer orqali kirishingiz kerak. Chapdagi menyuda «Eksport» ni bosing va kerakli formatni tanlang. Olingan faylni yangi akkaunt («qayd yozuvi») ga import qilish mumkin. Kontaktlar faylini biron bir ishonchli joyda, masalan,  oblako Mail.ru. da saqlashingizni maslahat beramiz. Agar siz Google dagi akkauntingizga kira olmasangiz xam, sizda baribir kontaktlaringiz nusxasi saqlanib qoladi.

Sizning extiyojingizga mos ravishda eksport formatini tanlash mumkin

4

Kontaktlarni iOS ga qanday import va eksport qilish mumkin

iOS boshqaruvi ostidagi qurilmalarda xam kontaktlarni tezda import qilish yoki eksport qilish imkoniyati mavjud. Brauzeringiz orqali  iCloud — ga kiring va «Kontaktlar»ni tanlang. Keyin, chap pastki burchakda, «shesterenka» belgisini bosing va «Import vCard» yoki «Eksport vCard» bandini bosing. Shunday qilib, siz kontaktlarni iOS -dagi ikki qurilma o‘rtasida ham, Android va iOS — o‘rtasida ham o‘tkazishingiz mumkin.

Shuningdek, kontaktlarni sinxronlashtirish uchun iPhone — da Google hisob qaydnomasini sozlashingiz mumkin. Buni «sozlamalar»da qilishingiz mumkin. «Parollar va qayd yozuvlari» ni, so‘ngra «Yangi qayd yozuvini» tanlang va taklif qilingan variantlardan Google -ga tashlang. Akkauntingizga kirib va kontaktlarni sinxronlashtirishni yoqishingiz lozim. Agar ushbu hisob qaydnomasi orqali akkauntingizga kirsangiz, endi kontaktlaringiz Android smartfoningizda xam bo‘ladi.