Xitoy «Sun’iy quyosh»ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Yer yuzida «yashil» energiyaning bitmas-tuganmas manbai paydo bo‘ladi.

2020 yilda Xitoyda noyob texnologiya — HL-2M, plazmani ushlab turish uchun magnit katushkali toroidal qurilma (tokamak) ishga tushiriladi — u Quyosh uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qiluvchi termoyadroviy reaksiya sintezini ishlab chiqaradi. Bu haqda Futurism xabar bermoqda..

HL-2M. Surat:: Abacus

HL-2M ning ishga tushirilishi termoyadroviy sintezni Yerdagi to‘liq energiya manbaiga aylantirishi mumkin, deya xisoblashmoqda olimlar.. Bunga qadar, haddan tashqari issiq plazmani cheklangan bo‘shliqda va barqaror holatda saqlashning samarali usulini izlash katta muammo bo‘lib qolmoqda deb yozadi «Mail.ru Hi-Tech». Ishga tushirilgandan keyin HL-2M 200 million ° C ga qadar isishi taxmin qilinmoqda — bu Quyosh haroratidan 13 marotaba yuqoridir.

Xitoy tokamakasi bu muammoni nihoyat hal qilishi kerak yoki hech bo‘lmaganda tadqiqotchilarga uni yechish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim, deydi loyihaga qo‘shilmagan fizik Jey Xarrison. Agar HL-2M yaratuvchilari termoyadroviy energiya sintezini jilovlay olsalar, Yerda deyarli cheklanmagan miqdordagi toza energiya manbai paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, Xitoyda yana bir «sun’iy quyosh» — EAST ustida ish olib borilmoqda.