Microsoft korporatsiyasi 14-yanvardan boshlab Windows 7 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Foto: Reuters
Kompyuter eski operatsion tizimda ishlayveradi, biroq kompaniya dasturiy ta’minotni yangilash, shuningdek, tizim xavfsizligi bo‘yicha nosozliklarni taqdim etish kabi texnik yordamlarni ko‘rsatmaydi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Windows 7’ni Windows 10’ga bepul yangilash mumkin emas.
2019-yilda Microsoft vitse-prezidenti Nik Parker operatsion tizim qanaqa bo‘lishi kerakligi haqida aytgandi. Uning fikricha, operatsion tizim uzluksiz yangilanishi, bulutli texnologiyalardan foydalanishi, 5G tarmog‘ida ishlay olishi va sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlashi kerak.