Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf davlatga xiyonat ayblovi bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda Reuters.
Foto: AP
Meduzaning yozishicha, bu ayblov Musharrafga 2007-yilda Pokistonda harbiy holat joriy qilgani va konstitutsiya amal qilishini to‘xtatgani uchun qo‘yilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. .
Bloomberg’da qayd etilishicha, sobiq prezident 2016-yildan buyon Dubayda yashab kelmoqda. Davlatga xiyonat ayblovi bo‘yicha 2014-yildan davom etib kelayotgan sud jarayonlariga biror marta qatnashmagan. Uni chet elda davolanishi uchun qo‘yib yuborilgan.
Musharraf 1999-yilda harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. U Pokistonni 2008-yilgacha boshqargan. Harbiy holatni 2007-yilda, sud uning qayta saylanishi qonuniyligi bo‘yicha muhokamalarga tayyorgarlik boshlaganidan keyin joriy etgan. Harbiy holat sudyalarning hibsga olinishi va jurnalistlar faoliyatiga cheklovlar qo‘yilishi bilan birga kechgan.