Ayni paytda Rossiyada yashab ijod qiluvchi, kelib chiqishi o‘zbekistonlik xonanda Nargiz Zokirova teleboshlovchi Kseniya Sobchakka intervyu berdi. Intervyu Sobchakning YouTube kanaliga joylashtirildi.

Foto: “TASS”

Nargiz Zokirova ushbu intervyuda sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangani, buning ortidan tushkunlikka tushib qolgani hamda antidepressentlarga o‘rganib qolgani haqida gapirib berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Kseniya Sobchak xonandadan “Ikkinchi turmush o‘rtog‘ingiz, ya’ni Yernur Kanaybekov tomonidan muntazam zo‘ravonlik ishlatilgani, kaltaklanganingiz haqida gapirgan edingiz. U avtohalokatda halok bo‘lganidan xabar topganingizda qanday hislarni boshdan kechirdingiz?” degan savoliga Zokirova quyidagicha javob berdi:

“Menda qayg‘u tuyg‘usi bo‘lmagan. Men uning halok bo‘lganidan g‘am chekmadim. Men faqatgina u bilan o‘rtamizda bo‘lib o‘tgan voqealarga qaramay, o‘g‘limiz uchun eng yaxshi ota bo‘lgani uchun yig‘ladim. O‘g‘lim uni jonidan ortiq ko‘rardi. Men endi o‘g‘lim sevimli otasini boshqa hech qachon ko‘rolmasligini o‘ylab yig‘ladim. Keyin… Bunaqa holatda hayotimda birinchi marta bo‘ldi…Uning tobutiga yaqinlashishga qo‘rqdim. U chiqib kelib bo‘ynimdan bo‘g‘adigandek edi”.

Xonandaning aytishicha, u sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘limidan keyin psixoterapevtga qatnagan, antidepressant vositalar qabul qilgan.

Telegram’ingizda hali ham “Daryo”ning rasmiy kanali yo‘qmi? Join!

От qwert.uz