2017-yildan boshlab dam olish kunlarini tartibga solish an’anasi boshlangandi. Natijada o‘tgan 2 yilda (2018, 2019) haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun dam olgan edi.
Foto: “Daryo”
Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, 2019-yilgi tartibga ko‘ra oldingidek ketma-ket 5 kunlik dam olish bo‘lmaydi, 3 kun ketma-ket bo‘ladi, xolos — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Haftasiga 5️ kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
- 31-dekabr – seshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);
- 1-yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
- 2-yanvar – payshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni).
Izoh: 28-dekabr (shanba) hamda 4-yanvar (shanba) kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.
Haftasiga 6️ kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
- 1-yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
- 2-yanvar – payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni).
Izoh: 30 va 31-dekabr kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.
Quyidagi suratda yangi yil bayrami arafasidagi ish va dam olish kunlari haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Foto: Xushnudbek Xudoyberdiyev