Rossiyaning Volgograd viloyatida “Kamaz” yuk mashinasi va 56 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Foto: Rossiya IIV

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan avtobus haydovchisi asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan yarim pritsepli “KamAZ”ga yo‘l bermagan, oqibatda to‘qnashuv yuz bergan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Rossiya IIV

“RIA Novosti” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, YTH oqibatida jarohatlangan besh kishi kasalxonaga yotqizilgan. Hodisa joyida vakolatli organlar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni mahalliy maktabga vaqtincha joylashtirish masalasi hal qilinmoqda.

От qwert.uz