O‘zbekiston prokuratura organlariga saylovi kuni — 22-dekabrda saylovchilar va nomzodlardan 44 ta murojaat kelib tushgan; eng ko‘p murojaat Toshkent shahri va Samarqand viloyatidan — 9 tadan. Bu haqda 23-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Vajlarning 43 tasida mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylovlarga bog‘liq masalalar bayon etilgan. Shikoyatlarning 16 tasi yoki 36 foizi saylov kampaniyasi davomida fuqarolarga saylovga taklifnomalar va ovoz berish uchun byulletenlar berilmagani bilan bog‘liq. Bunday murojaatlar tezkor o‘rganib chiqilgan.

Mavzuga doir: Saylovlarda qonunbuzilish holatlari bo‘ldi

O‘zLiDeP a’zosi Bobur Holmatovning murojaatini tekshirish davomida Uchtepa tumani hokimligining tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Sherzod Nigmatov Ekologiya partiyasi ichki ishlari va saylov jarayoniga noqonuniy aralashganligi aniqlangan, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Sherzod Nigmatov va partiyaning tuman Kengashi raisi Mahkamov O‘zLiDeP a’zosi Bobur Holmatov, “Adolat” partiyasi a’zosi Hulkar Yunusova hamda 2017-yildan beri AQShda yashab kelayotgan fuqaro Sanobar Azimovaning nomzodlarini ularning roziligisiz va xabarisiz Ekologiya partiyasidan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatib, saylov hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritgan.

Ikkinchi holat — 22-dekabr kuni soat 22:00 larda Telegram’da Sergeli tumanidagi 17-sonli uchastka saylov komissiyasida to‘qqiz dona saylov byulleteni bir kishi tomonidan imzolanib, soxtalashtirilganligi haqida video tarqaldi. O‘rganish jarayonida tumandagi 426-sonli saylov uchastkasida ovozlarni sanoqdan o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoniga nomzodlarning ishonchli vakillari va kuzatuvchilari qo‘yilmay, jarayon alohida xonada amalga oshirilganligi oydinlashdi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev, bosh prokuror

Bosh prokurorning qo‘shimcha qilishicha, mazkur holatlar yuzasidan 23-dekabr kuni Jinoyat kodeksining 146-moddasi (saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlariga kirishildi.

От qwert.uz