Tashkent City’da O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning haykali ochildi.

Foto: Instagram

Hojiboy Tojiboyevning yordamchisi, qiziqchi Otabek Hasanov Hojiboy Tojiboyevning vafoti bilan bog‘liq turli gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. U bu haqda jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Ularning vafoti haqida har xil gap-so‘zlar bo‘ldi, ‘o‘ldirib yuborishgan’ deganlar ham bo‘lgan, tavba qildim. ‘Ko‘p gapirib yuborgani uchun yo‘q qilib yuborishdi’ deyishdi. Ammo ular darddan, kasallikdan vafot etdilar.

Valijon Shamsiyev guvoh bo‘lganlar. Konsertda birga edik. Hojiboy akaning oxirgi konsertlarida, videoni ko‘rsanglar ‘Hov, eshikni yopinglar, maza yo‘q’, degan joylari bor. Xurshid Rasulov bo‘lsa kerak, oxirida qo‘shiq aytayotgan joyida Hoji aka tanaffusga chiqdilar-da shunday stulga o‘tirdilar va mazalari qochdi.

Valijon massaj qilib yotibdi, bu yoqda yugur-yugur, menga ‘zalda Hojiboy akaning doktorlari bor, shuni tezda topib keling’ deyishdi. Shunda zalga tomoshabinlarni orasiga tushib, doktorlarini topib, Hoji akani o‘zlariga keltirganmiz. Hech qanday tez yordam chaqirilmagan, juda mazalari qochgan edi. Bu oxirgi konsertlarida bo‘layotgan voqea edi. Hoji aka darrov o‘zlariga keldilar. ‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyi xodimlari choy damlab, issiq-issiq choy ichib o‘zlariga kelgan. Shu narsaga o‘zim guvoh bo‘lganman. Chiqdilar, xalqni kuldirdilar.

Bir kundan so‘ng ‘aka kecha nima bo‘ldi’ desam, ‘ endi charchaysiz-da, ko‘z tegadi-da, o‘qitib qo‘yish kerak-da’ degandilar.

Otabek Hasanov, Hojiboy Tojiboyevning yordamchisi, qiziqchi

Foto: “Daryo”

Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva intervyularining birida dadasi haqida odamlar tarqatgan asossiz mish-mishlardan jahli chiqishi haqida gapirib bergan edi.

Asossiz mish-mishlarni aytyapman. Dadamni avtohalokatga uchrab halok bo‘lgan deyishlari yoki kimdir o‘ldirgan degan yolg‘on, bo‘lmagan gaplarni eshitish og‘ir botadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, so‘nggi konsertlarida ahvollari juda og‘ir edi. Dadam hayot bo‘lganlarida 60 yillik yubileylarini nishonlagan bo‘lar edik.

Intizor Tojiboyeva, Hojiboy Tojiboyevning qizi, aktrisa

От qwert.uz