“Tezda etagingni kesib qoch, bolam”. Yulduz Usmonova Jahongir Otajonovni Turkiyada chuv tushirmoqchi bo‘lganlardan saqlab qolgani haqida gapirdi (video)

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Foto: “Daryo»

Yulduz Usmonova suhbat davomida xonanda Jahongir Otajonovni Turkiyada chuv tushirmoqchi bo‘lgan shirkatdan saqlab qolgani haqida gapirib berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Jahongir Otajonov bilan ham aloqalarimiz yaxshi. Jahongir Otajonov Turkiyaga endi borgan paytlarida san’ati bo‘yicha ba’zi shirkatlar uni aldamoqchi bo‘lganida men unga ‘Tezda etagingni kesib qoch, bolam…’ deganman.

Bu voqea o‘sha Turkiyada yashab yurgan paytlarimda bo‘lgan edi. O‘sha yillari shunaqa bo‘lgan, uni bir saqlab qolganman. Lekin, baribir san’atini yaxshi ko‘raman. Shunaqa ovoz kammi? Unaqa ovozlar ham bor. Lekin, uning xarakteri, tezobligi emas, haqiqatni ayta olishi bor. Mana aytayapti, kam bo‘lgani yo‘q.

Yulduz Usmonova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova suhbat davomida o‘n yil davomida “zapret”da yurishiga sabab bo‘lgan voqealar, Gulnora Karimova va “Gulisan” qo‘shig‘i atrofidagi gap-so‘zlarga ham izoh berib o‘tgan.