Bosh prokuratura Toshkent shahrida yuz bergan qasddan odam o‘ldirish jinoyati haqida ma’lumot berdi.
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
20-dekabr kuni soat 01:30 larda M.Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida fuqaro 1978-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan V.K. birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib, jahl qilgan holda ayolni voyaga yetmagan farzandini uyning 4-qavatidan yerga tashlab yuborgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Oqibatda 2015-yilda tug‘ilgan qizcha vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 23-dekabrda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
V.K. protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.