Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etish tashabbusi yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

O‘sib kelayotgan avlod auditoriyasiga yo‘naltirilgan tele va radiokanallar, bosma nashrlarni birlashtirib, “Yoshlar media xoldingi” tashkil etish taklifi ham bildirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, – deya ta’kidlagan Prezident.

Yig‘ilishni videokonferensiya orqali O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yoshlar kuzatib bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

От qwert.uz