Samarqand viloyati Ishtixon tumanida mudhish qotillik sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Ishtixon tumanidagi “Do‘stlik” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Saynoq” kanalidan 25-dekabr, chorshanba kuni murda topilgan. Aniqlanishicha, murda 1998-yilda tug‘ilgan Anora (ismi o‘zgartirilgan)ga tegishli bo‘lib, u o‘z singlisi, 2001-yilda tug‘ilgan Barno (ismi o‘zgartirilgan) tomonidan o‘ldirilib, jinoyatini yashirish maqsadida kanalga oqizib yuborilgan.

Voqea 23-dekabr, dushanba kuni soat 21:30 larda opa-singil birga o‘tirib, spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan boshlangan. Barno yigiti opasi Anora bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini bilib qolganini aytib janjal ko‘targan. Janjal davomida Barno oshxona pichog‘i bilan opasi Anoraning bo‘yin va qorin sohalariga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. Jinoyatini yashirish maqsadida esa opasining murdasini “Saynoq” kanaliga oqizib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan 25-dekabrda shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qotil singil qo‘lga olingan.

От qwert.uz