Marhum aktyor va kung-fu ustasi Bryus Lining qizi Xitoydagi Real Kungfu fastfud tarmog‘ini otasining suratidan noqonuniy foydalangani uchun sudga berdi, deb xabar berdi BBC.
Foto: BBC
Shennon Lining da’vo arizasi aktyorning suratlari huquqiga egalik qiluvchi Bruce Lee Enterprises kompaniyasi tomonidan berilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Da’vogar logotipida Bryus Lining suratidan foydalangan fastfud tarmog‘idan 30 million dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda.
Foto: BBC
Real kungfu logotipida sariq futbolkadagi kung-fu ustasi aks ettirilgan. Tarmoq vakillari ushbu tovar belgisini 15 yildan buyon ishlatayotganini ma’lum qilgan.
Real Kungfu fastfud tarmog‘i 1990-yildan beri faoliyat yuritadi hamda butun Xitoy bo‘ylab 600 ga yaqin filialga ega.