Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 61 yoshli erkak arazlab uyidan ketib qolgan turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Termiz tumani Chegara mahallasida yashovchi, 1958-yilda tug‘ilgan R.M. turmush o‘rtog‘i, 1963-yilda tug‘ilgan S.A. bilan janjalashib qolgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Oilaviy janjal sababli ayol uyidan arazlab chiqib ketib, singlisi M.A.ning uyida yashab turgan.

Bundan jahli chiqqan R.M. 26-dekabr kuni soat 03:30 da uning uyiga borgan. Erkak turmush o‘rtog‘i uxlab yotgan xonaga kirib, o‘zi bilan olib kelgan 5 litr hajmdagi polietilen idishdagi gaz kondensatini rafiqasiga sepib, uni yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

От qwert.uz