Toshkentda 2020-yil kirib kelishi munosabati bilan bayram mushakbozligi tashkil etilmaydi. Bu haqda shahar hokimligi ma’lum ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Toshkent shahar hokimligiga bayram mushaklari haqida savollar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, noqulay ob-havo kuzatilayotganligi sababli bu yil bayramda mushakbozlik bo‘lmaydi.

Toshkent shahar hokimligi

Ma’lumot uchun, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2019-yil 1-sentabr kuni tashkil etilgan bayram mushakbozligi mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan va eng baland salyut sifatida e’tirof etilgan edi.

Qayd etish joiz, “O‘zgidromet” O‘zbekistonda Yangi yil oqshomi qorsiz o‘tishi kutilayotgani haqidaxabar bergan edi.

От qwert.uz