Ba’zan ajoyib qo‘shiqni eshitib, xonanda qaysi mamlakatdan ekanini bilmay qolamiz. “Kaktakto” o‘z ovozi bilan dunyoni zabt etgan 15 nafar xonanda haqida yozdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Qozog‘iston

Dimash Kudaybergen

Foto: TimePress

Eng mashhur qozoq vokalisti, instrumentalisti va kompozitori. Dimashning ovoz diapozoni olti oktava. U Xitoydagi mashhur Singer 2017 teleshousida qatnashib, shuhrat qozongan. Nufuzli qo‘shiqchilar bilan bellashib, finalgacha borgan va ikkinchi o‘rinni egallagan.

Dimash rus, ispan, ingliz, fransuz va boshqa tillarda qo‘shiq kuylaydi.

Skriptonit

Foto: Sputnik

Skriptonit taxallusi bilan ijod qiluvchi qozog‘istonlik reperning asl ismi Adil Jalelov.

U 1990-yil 3-iyunda Pavlodarda (Qozog‘iston) tug‘ilgan. 11 yoshida rep yo‘nalishida kuylay boshlagan. Hammasi Detslning qo‘shiqlariga bo‘lgan qiziqishidan boshlangan.

15 yoshidan boshlab Adil o‘zi qo‘shiq yozgan. 16 yoshida esa birinchi marta nisbatan katta sahnada qo‘shiq aytgan. Anuar bilan birga VBVVCTND trekiga ishlangan klipdan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan.

2015-yil 24-noyabrda uzoq kutilgan hodisa yuz bergan: “Dom s normalnimi yavleniyami” (Oddiy hodisalar bo‘ladigan uy) albomi chiqqan. U tezda muvaffaqiyat qozonib, iTunes chartida ikkinchi o‘rinni olgan. 2016-yil sentabrda Rossiyaning GQ erkaklar jurnali Skriptonitni “Yil kashfiyoti” deb e’tirof etgan.

Jah Khalib

Foto: Wikipedia

Baxtiyor Mamedov (reperning haqiqiy ismi) 1993-yil 23-sentabrda Qozog‘istonda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. 5-sinfdan Baxtiyor musiqa maktabiga qatnay boshlagan. U yerda saksofon chalishni o‘rgangan.

13 yoshidan boshlab Baxtiyor sutidyalarda minusovkalar yozgan. Ularni internetga joylab, arzon narxga sotgan.

2014-yil 10 ta qo‘shiqdan iborat “Vse, chto mi lyubim” (Biz sevgan hamma) nomli birinchi albomini chiqargan. 2017-yilda esa Medina qo‘shig‘i uchun “Oltin grammafon” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Linda

Foto: “ivona.bigmir.net”

Rossiyalik qo‘shiqchi 1977-yil 29-aprelda Qozog‘istonning Kentau shahrida tavallud topgan. U trip-rok yo‘nalishida ijod qiladi.

Linda uchun birinchi musiqa muallifi bastakor Maksim Fadeyev bo‘lgan. Keyinchalik esa Linda o‘zi she’r va musiqa yozishni boshlagan va Yevgeniy Pozdnyakov, Mara va Lyubasha kabi mualliflar bilan hamkorlik qilgan. Karyerasi davomida qo‘shiqchi Rossiyada 3 milliondan ortiq albom sotgan.

A-studio

Foto: “Sobaka.ru”

Guruhga qozoq musiqachisi Baygali Serkebayev asos solgan. 1987-yilga qadar guruhda Roza Rimbayeva ham bo‘lgan. Ayni paytda guruhda besh nafar ishtirokchi: Baygali Serkebayev, Vladimir Mikloshich, Keti Topuriya (solist), Yevgeniy Dalskiy (zarbli musiqachi) va Sergey Kumin (gitarachi) bor.

2000-yillarga qadar Batirxon Shukenov vokalchi va guruhning yuzi edi. O‘sha davrning mashhur qo‘shiqlari “Juliya” va “Nelyubimaya” (Sevilmagan) bo‘lgan. Keti kollektivda paydo bo‘lgan davrda “Uletayu” (Uchaman), “Takje kak vse” (Hammaga o‘xshab), “Tolko s toboy” (Faqat sen bilan), “Tik-Tak” qo‘shiqlari xit bo‘lgan.

Natan

Foto: Muz-TV

Qo‘shiqchi 1986-yil 17-martda Olmaotada tug‘ilgan. Bolaligidanoq san’atga qiziqib, she’rlar yozgan. Musiqiy faoliyatini “Sindikat” guruhida boshlagan.

Uning haqiqiy ismi Natan Mirov. “Slish, ti chto takaya derzkaya?” (Ey, nega buncha qo‘polsan?) qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan. U Black Star yorlig‘ining tarkibiga kiradi.

Nazima

Foto: “Zakon.kz”

Nazima Janibekova asli chimkentlik. 1990-yil 21-oktabrda tug‘ilgan. An’anaviy musulmon oilasida tarbiya topgan. Bolaligidayoq sahnada qo‘shiq aytishni orzu qilgan. 12 yoshida qozoq tilidagi qo‘shig‘i bilan “Ocharovashka” xalqaro tanlovining g‘olibi bo‘lgan.

21 yoshida “Fabriki zvezd” (Yulduzlar fabrikasi) ning qozoqcha versiyasining final bosqichigacha borgan. “Xochu stat zvezdoy” (Yulduz bo‘lishni xohlayman) loyihasida ishtirok etganidan so‘ng Nazima ALTYN GIRLS triosining solistiga aylangan. Ammo ko‘p o‘tmay bu guruh tarqab ketgan. Nazima “Pesni na TNT” (TNT’da qo‘shiqlar) musobaqasida qatnashgan. U yerda Timati qizning iqtidorini ko‘rib, Black Star jamoasiga taklif qilgan.

Qirg‘iziston

Kayrat Primberdiyev

Foto: “kloop.kg”

Qirg‘izistonlik iste’dodli mustaqil rivojlangan qo‘shiqchi. U o‘zining vokal mahorati bilan yurtdoshlarining ko‘nglidan joy olgan va “Glavnaya ssena” (Asosiy sahna) va “Golos” (Ovoz) kabi teleko‘rsatuvlar orqali Rossiyada mashhur bo‘lgan.

Kayrat O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 14 yoshida Kayrat Primberdiyev Qirg‘izistonning “Manas” xalq eposi  to‘garagiga qatnashgan, so‘ng Markaziy Osiyoning an’anaviy cholg‘u asbobi komuz chalishni o‘rgangan. Voyaga yetgach, vokal darslarini olishga kirishgan.

Gorod 312

Foto: 24smi

Guruh 2001-yil 14-oktabrda tashkil topgan. Bishkek shahrining telefon kodi 312 bo‘lgani sabab, guruhga shunday nom berilgan. Guruh juda mashhur albomlarni chiqargan: “Vne zoni dostupa” (Xizmat doirasidan tashqarida), “213 dorog” (213 yo‘l), “Obernis” (O‘giril), “Novaya muzika” (Yangi musiqa) va boshqalar.

Guruh “Eng yaxshi rossiyalik ijrochi” yo‘nalishida MTV Europe Music Award mukofotini qo‘lga kiritgan.

Uning qo‘shiqlari ko’pincha rus filmlariga saundtrek sifatida foydalaniladi.

O‘zbekiston

Sogdiana

Foto: Wikiwand

Qo‘shiqchining asl ismi Oksana Nechitaylo. U 1984-yil 17-fevralda Toshkentda muhandis va shifokor oilasida tug‘ilgan. Ota-onasi qizining qobiliyatini rivojlantirish uchun uni Gliyer musiqa maktabiga bergan. 2001-yilda Oksana O‘zbeksiton davlat konservatoriyasida estrada yo‘nalishida o‘qishni boshlagan. Xuddi shu yili uning birinchi albomi “Mening ko‘nglim” chiqqan. Undan o‘zbek, rus va ingliz tilidagi qo‘shiqlar o‘rin olgan.

2006-yilda Oksana Moskvaga borib, “Fabriki zvezd-6”ning ishtirokchisiga aylangan. Loyiha unga mashhurlik olib kelgan.

Nargiz Zakirova

Foto: “Life.ru”

Qo‘shiqchining asl vatani Toshkent shahri. Nargiz 1971-yil 6-oktabrda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Bobosi O‘zbekiston operasi asoschisi, amakisi SSSRda mashhur “Yalla” guruhining yetakchi xonandasi bo‘lgan.

Yoshlik chog‘ida Nargiz “Unutma meni” qo‘shig‘i bilan “Yurmale-86” da ishtirok etgan. Sirk maktabining vokal bo‘limida o‘qigan. Ekstravagant obrazda qatnashgani uchun uni o‘zbek Madonnasi deb atashgan. Eridan ajrashganidan so‘ng, Nargiz AQShga ko‘chib ketgan, u yerda u musiqa bilan shug‘ullanishni davom ettirgan.

2013-yilda Nargiz “Golos” (Ovoz) loyihasining ishtirokchisiga aylangani unga Rossiyaga mashhur qilgan. Uning Maksim Fadeyev bilan kuylagan duetini YouTube’da 149 million nafar odam tomosha qilgan.

Sevara Nazarxon

Foto: “podruga.uz”

Sevara 1976-yil 23-dekabrda Andijonda tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkentga kelgan va Konservatoriyaga o‘qishga kirgan.

2000-yil “Baxtimdan” albomi chiqib, Sevarani O‘zbekistonga tanitgan.

Aleksey Chumakov

Foto: Birinchi musiqiy nashr

Aleksey 1981-yil 12-martda Samarqandda tug‘ilgan. Besh yoshidan kuylay boshlagan. Ota-onasi keyin uni musiqa maktabiga bergan. “Xalq artisi — 2003” loyihasi unga shuhrat keltirgan.

U “Pesnya o lyubvi” (Sevgi haqida qo‘shiq), Tut i tam (Bu yerda va u yerda), “Nebo v tvoix glazax” (Osmon sening ko‘zlaringda) va boshqa qo‘shiqlari bilan mashhur.

MC Doni

Foto: “KudaGo.ru”

Dostonbek Ismailov (reper va DJ’ning haqiqiy ismi) 1985-yil 18-dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. Lekin bolaligi Farg‘onada o‘tgan.

O‘zbekistonda u DJ’lik faoliyatini boshlagan. Moskvaga ko‘chib o‘tgach, klublarda qo‘shiq aytgan.

Rossiya qo‘shiqchisi Natali bilan ishlangan klipi “A ti takoy…” (Sen esa shundaysan…) YouTube’da 188 million foydalanuvchi tomonidan tomosha qilingan.

Tojikiston

Jasmin Karimova

Foto: Rossiya dlya vsex

Jasmin Tojikistonda tug‘ilgan. Bolaligi Avstraliya, AQSh va Gollandiyada o‘tgan.

2015-yilda “Golos” loyihasining golland versiyasida Jasmin hakamlarni hayratda qoldirgan. 2017-yilda L’One bilan “Doroga” (Yo‘l) klipini chiqargan.

От qwert.uz