2020-yilning 1-yanvar kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1111 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi. Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvar kuni soat 19:00 gacha 1442 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Yangi yilning dastlabki 18 soatida dunyoga kelgan chaqaloqlarning 572 nafari o‘g‘il bola, 539 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (141 nafar) dunyoga keldi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati ( 137 nafar) va Qashqadaryo viloyati (134 nafar) kuchli uchlikni to‘ldirgan.
Tug‘ilganlarning to‘rt nafari esa egizaklardir. “Ayni paytda shifokorlarimiz ularning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda”, — deydi Furqat Sanayev.