Bugun, 8-yanvar Shimoliy Koreya rahbari tug‘ilgan kuni lekin qizig‘i shundaki, uning tug‘ilgan kuni 4-iyunda ham bo‘lishi mumkin. Bu hali hammasi emas, ba’zi manbalarda uning tug‘ilgan yili 1982-yil deb ko‘rsatilsa, ayrimlarida 1983 hatto 1984 deb ham aytiladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Janubiy Koreya razvedkasi uni 1984-yilda tug‘ilgan deb hisoblaydi lekin rasman 1982-yil deb e’lon qilingan. Bu kabi mavhumlik Kim Chen In kattaroq va jiddiyroq ko‘rishni istashi bilan bog‘liq. Rasmiy ma’lumot qanchalik tog‘ri yoki noto‘g‘ri aniq emas lekin unga asoslanilsa, bugun Kim 38 yoshga to‘ldi. Yopiq mamlakat rahbari haqidagi ma’lumotlar ham shunga yarasha lekin internet rivojlangan vaqtda yopiq qozon yopiqligicha qolishi dargumon.

Foto: “Izvestiya”

Aka qolib rahbar bo‘lgan uka

The Washington Post jurnalisti Anna Fayfild muallifligida “Buyuk merosxo‘r: Kim Chen Inning parvoz va boshqaruv siri ” kitobi iyun oyida nashrdan chiqqan bo‘lib unda ta’kidlanishicha, 2011-yilda otasi Kim Chen Ir vafotidan keyin akasi qolib Kim Chen Inning mamlakat rahbari bo‘lishiga sabab tashqi ko‘rinishining bobosi, Shimoliy Koreya asoschisi  bo‘lga Kim Ir Senga o‘xshashligida. Shuningdek o‘xshashlikni yanada bo‘rttirish maqsadida plastik operatsiya qildirgan deyiladi kitobda.

Foto: Google Images

Pishloqsevar diktator

U Shvetsariyada boshqa ism va familya bilan ta’lim olgan. O‘quvchilik yillarida shvetsar pishlog‘iga ko‘ngil qo‘yadi va bora-bora u qaramlikka aylanadi. Uning kunlik taomnomasi pishloqsiz bo‘lmagan. Keyinchalik yurtiga qaytgach, Shimoliy koreyalik oshpazlarni  pishloq tayyorlashning sir-asrorlarini  o‘rganish uchun Fransiyaga yuborgan. Xususan, Emmental pishlog‘i Kim Chen In uchun maxsus Shimoliy Koreyaga import qilingan. Emmental tarkibida  45% yog‘ mavjud va uning tinimsiz iste’moli tabiiyki to‘lishishga olib keladi. 2014-yilda Emmental’ni me’yoridan ortiq iste’mol qilgani Kim ortiqcha vazn to‘plagan hamda sog‘lig‘ida bir qancha muammolar kuzatilgan. KXDR qochoqlarining ma’lumotiga ko‘ra, yetakchi Kim Ir Senga o‘xshash uchun vazn to‘playdi.

Foto: Independent

U asos solgan musiqiy guruh uni madh etib kuylaydi

Davlat rahbarlari ham boshqalar kabi oddiy odam. Ulardan biri qo‘shiq aytishi, dijeylik qilishi, ikkinchisi esa musiqiy guruhga asos solishi ajablanarli bo‘lmay qoldi. Kim 2012-yilda Moranbong nomli 10 ta solist qizlardan iborat guruhga asos solgan. Yetakchining o‘zi qizlarni bittalab tanlab olgan, guruh repertuaridagi qo‘shiqlarning asosiy qismi KXDR rahbarining naqadar mehribonligi, uning kulgusidan olam yashnashi va boshqa bir qancha samimiy maqtovlarni o‘z ichiga oladi. Moranbong barcha konsert va tadbirlarda harbiy kiyimda bo‘ladi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Soch turmagida ham Kim Chen Indan o‘rnak olinsin

Soqol o‘stirishga qanday qaraladi mavhumku-ya, lekin soch borasida o‘ziga yarasha tartib-qoidalar mavjud. 2015-yilda Shimoliy Koreya rasmiylari tomonidan erkaklar sochining uzunligi 2 santimetrdan uzun bo‘lmasligi kerakligi haqida buyruq e’lon qilinib, namunaviy turmak sifatida Kim Chen Inning soch turmagi tavsiya qilingan. Universitetlarda paypoq rangiga qanchalik e’tiroz borligi ham mavhum lekin, uzun qilib o‘stirib olingan yigitlar sochi o‘qituvchilar tomonidan kerak bo‘lsa kesib tashlanishi aniq.

Foto: Google Images

Informatsion xavfsizlik sabab jamoat hojatxonasidan foydalanmaydi

Kim aslo jamoat hojatxonalaridan foydalanmaydi. Qulaylik yoki gigiyena nuqtai nazaridan deb o‘ylasangiz yanglishasiz: informatsion xavfsizlik sabab. Bu bilan u sog‘ligi bilan bog‘liq ahamiyatli ma’lumotlarni oshkor bo‘lishining oldini oladi. Uning shaxsiy hojatxonasi bor va Kim qayerda bo‘lsa, hojatxona ham o‘sha yerda. Mercedes’ga o‘rnatilgan shaxsiy hojatxona davlat ahamiyatiga molik sirlarni tarqalishining oldini oladi.

Foto: Vesti

Qo‘riqlanishda filmdan ilhomlangan

Muzokaralarga avtomobilda boradigan bo‘lsa uni “jonli kortej” qo‘riqlab ketadi ya’ni mashina atrofini 12 kishilik qo‘riqlovchilar qurshab, mashina atrofida yugurib harakatlanadi. Ushbu g‘ayrioddiy uslubni u “Olov chizig‘ida” nomli filmda ko‘rgan, unda Klint Istvud maxfiy xizmatagenti rolini ijro etgan bo‘lib, Jon Kennidi mashinasini shunday himoya qilgan .

Foto: Hello Magazine

Mavzuga doir: “Biz bu mashinalar KXDRga qanday borib qolganini bilmaymiz”. Mercedes’larning ishlab chiqaruvchisi — Kim Chen Inning avtomobillari haqida

Foto: Hello Magazine / “Olov chizig‘ida” filmidan

Jeyms Bond filmidan yana bir ilhomlanish

Generallaridan birining  2018-yilda Donald Tramp bilan kelishuvi omadsiz bo‘lgani uchun qatl ettirgan va aybdorni akvariumga tashlagan. Bu uslubni u Jeyms Bond ijrosidagi “Meni sevgan josus” filmida ko‘rgan va hayotga tadbiq etgan. Filmda Karl Stromberg dushmanlarini o‘ldirib, akulalar bor bo‘lgan akvariumga tashlaganini aks etgan sahna bo‘lgan.

Foto: Money Control

От qwert.uz