O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov 4-yanvar kuni bobo bo‘ldi. Uning ikkinchi o‘g‘li Islom o‘g‘il farzand ko‘rdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Instagram / @rashidkhalikov
Emin deb ism qo‘yilgan chaqaloq 7-yanvar kuni tug‘ruqxonadan olib chiqildi. Shu munosabat bilan Rashid Holiqovning xonadonida katta tantana tashkil etildi. Xonandaning Instagram’dagi stories va jonli efiridan tantanaga juda ko‘p mehmon, xususan, aksariyat shou-biznes vakillari tashrif buyurganini ko‘rish mumkin.
Rashid Holiqov o‘g‘il nabirani dunyoga keltirgan kelini Fayruzaga Malibu Turbo, rafiqasiga esa BMW X7 avtomobilini sovg‘a qildi.
Ma’lumot uchun, Rashid Holiqov o‘g‘li Islomni 2018-yilning 7-aprelida uylantirgan edi.