Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Grozniy markazida “Parij” deb nomlangan restoran ochdi va shahar fuqarolarini g‘azablantirdi. Bu haqda “Vesti nedeli” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Nashrga ko‘ra, restoranning ochilishi yangi yil arafasida bo‘lib o‘tdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Shu kuni xavfsizlik choralarini ta’minlash uchun huquq-tartibot organlari xodimlari Vladimir Putin shoh ko‘chasini yopib qo‘ydi. Ayshatning restorani ushbu ko‘chada joylashgan. Ochilish marosimiga Qodirov rafiqasi Medni va bir qator amaldorlar bilan birga kelgan.

Ta’kidlanishicha, restoran 2016-yilning aprel oyida yopilgan Grozniyning sobiq Markaziy shahar kutubxonasi binosida joylashgan. Bunday qaror mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘ldi, ular kutubxonaning shahar ziyolilari uchun uchrashuv joyi bo‘lganligini ta’kidladi.

“Kutubxona ikkita vayronkor urush shohidi bo‘ldi, bundan tashqari Checheniston uchun og‘ir bo‘lgan damlarni ham boshdan kechirdi. Biroq shunday tartibsizliklar davrida ham uni kutubxonadan boshqa biron narsaga aylantirish hech kimning xayoliga kelmagan”, — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Bu Qodirova tomonidan Grozniy markazida ochilgan ikkinchi bino.

Ayshat Qodirova 2016-yildan beri Firdaws modalar uyi direktori hisoblanadi.

От qwert.uz