Eronda qiz bolalarni 9 yoshdan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin. Ular qotillik qilgani, giyohvand moddalar sotgani yoki qurolli hujum uyushtirib o‘g‘rilik sodir etgani uchun hatto o‘lim jazosiga ham hukm qilinadi. Eronlik fotograf Sodih Suriy og‘ir sharoitlardagi qamoqxonada yashayotgan mahkumalar hayoti haqida suratlar olgan. Qamoqdagi qizlarning ko‘pchilik qismi uchun 18 yoshga to‘lish o‘lim jazosi tayinlanishini yanada yaqinlashganini anglatadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Big Picture

Nozanin 16 yoshda. Yarim yil avval 621 gramm kokain saqlagani uchun qamoqqa olingan. Hozirda qiz o‘z jinoyati yuzasidan sudning yakuniy hukmi o‘qilishini kutmoqda.

Foto: Big Picture

Qizlar ovqat uchun soatlab navbat kutadi.

Foto: Big Picture

Mahkumalar kuniga ikki marta: tongda bir soatga va oqshom paytida sayr qilish uchun hovliga chiqariladi.

Foto: Quartz

Foto: Big Picture

13 yoshli Xatira amakisi zo‘rlaganidan keyin uyidan qochib ketgan. Oradan bir hafta o‘tgach Tehrondagi parklardan birida bezorilar ko‘pchilik bo‘lib unga jinsiy yaqinlik qildi. Qiz hayotini saqlab qolish uchun sumkasidan pichoq olib dushmanlarga tashlangan va jarohatlanib hushdan ketgan. Politsiya qizni parkda hushsiz holda topgan. Muolajalardan keyin Xatira voyaga yetmaganlarning ahloq tuzatish markazi kamerasiga joylashtirildi.

Foto: Big Picture

Foto: Quartz

Mahkumalar chaqaloq ikki yoshga to‘lguniga qadar farzandlari bilan birga qamoqxonada yashay oladi. Zahro 17 yoshda, u 14 yoshida turmushga chiqqan, ikki nafar farzandi bor. Juvon mobil telefonlar o‘g‘irlagani uchun qamoqda o‘tiribdi. Zahro bu kabi jinoyatni sodir etgani uchun uchincha marta qamalgan.

Foto: Big Picture

Foto: Quartz

Voyaga yetmagan qizlarning kameralariga har kuni imom-xatib tashrif buyuradi. Imom qizlar bilan birga namoz o‘qiydi. Ibodatdan keyin jinoyatchi ayollarni axloqiy tarbiyalash bo‘yicha ma’ruza qiladi va Ollohdan ularning gunohini kechirishni so‘rab duolar o‘qiydi.

Foto: Big Picture

Savgand 16 yoshda. U uyda yolg‘iz qolganida, politsiya xonadonga bostirib kirgan, tintuv o‘tkazilgan vaqtda 250 gramm opium, 30 gramm kokain va 20 gramm geroin topilgan. Narkotiklar qizning otasiga tegishli edi, lekin qiz kvartirada yolg‘iz bo‘lgani sabab zobitlar uni hibsga olgan. Savgand bir yildan beri qamoqxonada. Shu vaqtga qadar uni yo‘qlab birorta ham qarindoshi kelmagan, qidiruvdagi oila a’zolari ham topilmagan.

Foto: Big Picture

15 yoshli yoshli Shaqifa turmada bir yildan ortiqroq vaqtdan beri yashaydi. U sevgan yigiti bilan Tehron bozorida o‘g‘rilik qilishga uringan. Politsiya jinoyatni payqaganda, yigit qochib qolgan, Shaqifa esa hibsga olingan. Sud unga nisbatan o‘lim jazosini tayinlagan, qiz 18 yoshga to‘lishi bilan hukm ijrosiga kirishiladi. Ushbu suratda Shaqifa va uning buvisi o‘g‘rilikdan bir yil o‘tib diydorlashmoqda.

Foto: Big Picture

Foto: Quartz

Mahsa 17 yoshda. U sevganiga turmushga chiqishni istagan va ushbu masalada tortishib otasini oshxona pichog‘ini tiqib o‘ldirib qo‘ygan. Mahsaning aka-ukalari qizga nisbatan o‘lim hukmi o‘qilishini talab qilmoqda.

Foto: Big Picture

Foto: Quartz

Mashsid 15 yoshda, u noqonuniy munosabatlar va giyohvand moddalar olib kirganlikda ayblangan. Qizning ota-onasi ham giyohvand moddalar savdosi va iste’moli tufayli qamoqda muddatni o‘tamoqda. Mashsid 8 oydan keyin ozodlikka chiqadi.

Foto: Quartz

Foto: Big Picture

От qwert.uz