Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir necha kishi zo‘rlagani gumon qilinayotgan 15 yashar qiz 6 oylik homilasidan ajradi” sarlavhasi ostida chop etilgan maqola yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foto: “Daryo”
Aniqlanishicha, Koson tumani tug‘ruq kompleksi tomonidan 2020-yil 9-yanvar kuni soat 00:30 atrofida voyaga yetmagan S.B.ning 21 haftalik homilasi tushganligi haqida ma’lum qilingan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida so‘ralgan S.B. o‘z tushuntirishida 2019-yil 5-sentabr kuni “Arabxona” mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda o‘zini “Behruz” deb tanishtirgan shaxs avtomashinasiga mindirgani, uni yaxshi ko‘rishini aytib, shu atrofdagi uyiga olib borib, kiyimlarini majburan yechib nomusiga tekkanligini, qo‘rqib qolgani sababli ushbu holat yuzasidan рech kimga murojaat qilmaganligini bildirgan.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida “Behruz” deb tanishtirgan shaxs “Arabxona” mahallasida yashovchi S.Q. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Koson tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.