Tehronda Amir Kabir nomidagi universitet yaqinida talabalar Eron raketasi bilan urib tushirilgan Ukraina “Boingi” aviahalokati aybdorlarini jazolashni talab qilib, norozilik namoyishiga chiqdi. Bu haqda mahalliy IRNA axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, talabalar marhumlar xotirasi uchun shamlar yoqqan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Keyinroq ko‘chada to‘qnashuvlar yuz bergan, politsiya yorug‘lik-shovqinli granatalardan foydalangan. Al Jazeera telekanalining qo‘shimcha qilishicha, namoyishchilar Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiyning iste’fosini talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Boeing 737-800 samolyoti 8-yanvar kuni Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan edi. Hodisa oqibatida 176 kishi halok bo‘lgan, ular orasida Eron, Ukraina, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Afg‘oniston fuqarolari bor.

Dastlab Eron rasmiylari samolyot halokatiga texnik nosozlar sabab bo‘lganini ta’kidlab, unga raketa urilganini rad etayotgan edi. Keyinroq Tehron o‘z aybini tan olib, mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimi samolyotni qanotli raketa sifatida qabul qilganini ma’lum qildi.

От qwert.uz