“Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi. Oxirgi voqealar fonida butun dunyo Tramp, Sulaymoniy va AQSh – Eron mojarosi haqida gapirmoqda. Shu bois bu hafta sharhi to‘laligicha shu mavzuga bag‘ishlanadi.

Tushunib bo‘lmas Tramp

Yangi yilning ilk kunlarida AQSh va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan ixtilof ayrim jihatlari bilan 1962-yilda yuz bergan Karib inqirozini eslatmoqda, deb yozadi Sydostran nashri.

O‘sha paytlarda dunyo dahshatli urush yoqasiga kelib qolgan bo‘lsa-da, na AQSh prezidenti Jon Kennedi, na Sovet Ittifoqi rahbari Nikita Xrushchyov to‘laqonli urush bo‘lishini istamagan edi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: AP

Nihoyada Xrushchyov kemalarini to‘xtatgan, inqirozga barham berilgan edi. Muzokaralar boshlanib, Oq Uy va Kreml rahbariyati o‘rtasida telefon aloqalari o‘rnatilgan edi. Buyuk davlatlar navbatdagi urushga yo‘l qo‘ymasligi ravshan edi. Bu voqealar sovuq urush davrida yuz bergan edi.

Bugun dunyo hamjamiyati Yaqin Sharqda mintaqaviy urushga guvoh bo‘lib turibdi va bu ommaviy qarama-qarshilikka aylanib ketishi mumkin. Dunyo hamjamiyati AQSh va Eronni o‘zaro kelishuvga chorladi va bunga erishdi ham.

Amerikaliklar Eron generali Qosim Sulaymoniyni o‘ldirgach, eronliklar qasd olish maqsadida Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga zarba yo‘lladi. Hech kim jabr ko‘rmadi. Aksar siyosiy tahlilchilar buni Eron hukumatining nizoni chuqurlashtirmaslik uchun bergan ishorasidir deb qabul qildi. Prezident Tramp Eron yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Chorshnba kuni Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida “Barchasi yaxshi!” deb post qoldirdi.

Donald J. Trump@realDonaldTrump

All is well! Missiles launched from Iran at two military bases located in Iraq. Assessment of casualties & damages taking place now. So far, so good! We have the most powerful and well equipped military anywhere in the world, by far! I will be making a statement tomorrow morning.767K7:45 AM — Jan 8, 2020Twitter Ads info and privacy311K people are talking about this

Bu o‘ta mujmal postlardan biri edi. Qolaversa, Tramp NATO davlatlarini AQShni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

Jahon jamoatchiligini Trampning keyingi qadami qanday bo‘lishi ko‘proq tashvishga solmoqda. Yaqin Sharqda Tramp qanday strategiyani amalga oshirmoqchi ekani ham dunyo jamoatchiligida ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda. Kongressning vakillar palatasi Trampga qarshi impichment tayyorladi. Impichment masalasida amerikaliklar ikki guruhga bo‘lingan.

Qudratli davlatga rahbarlik qilish – o‘ta mas’uliyatli vazifa. Erondagi diniy diktatura ham tinchlik va xavfsizlikka tahdid qilmoqda. Buni ham hisobga olish kerak. Tehron rejimi xalqiga butun dunyoga va AQShga nafrat bilan qarash g‘oyasini singdirmoqda.

Eronliklar Xomanaiy rejimini qo‘llab-quvvatlashi ham, Tramp bu yilgi saylovda g‘alaba qozonishi ham noma’lum. Tramp Tehron rejimidan qurolli kuch yordamida xalos bo‘laman deb o‘ylayotgan bo‘lsa, bu siyosiy avantyuradir. Eronga nisbatan qat’iy iqtisodiy jazo choralari davom etadi. Yaqin Sharqdagi vaziyat esa keskinligicha qoladi.

Putin va Sidan-da hurmatsizroq bo‘lgan Tramp

Pew Research siyosiy tadqiqotlar markazining yangi ijtimoiy so‘rovlari natijasiga ko‘ra, prezident Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinga nisbatan kamroq hurmatga ega, deb yozadi Britaniyaning The Independent nashri. Statistlarning qayd etishicha, Trampning rahbar sifatidagi reytingi dunyo miqyosida rekord darajada pastlab ketgan. So‘rov ishtirokchilarining 64 foizi Tramp xalqaro munosabatlarda to‘g‘ri yo‘l tutmayapti degan fikrda.

Dunyo miqyosida olib borilgan so‘rov natijalarida ishtirok etganlardan Trampga qanchalik ishonishi so‘ralganda ko‘pchilik unga umuman ishonmasligini aytgan.

Dunyoning besh rahbari orasidan eng yuqori bahoni Germaniya kansleri Angela Merkel eng yuqori baho olgan. So‘rov ishtirokchilarining 46 foizi unga ishonishini aytgan.

Donald Tramp esa beshtalikning eng so‘nggi pog‘onasidan o‘rin olgan.

So‘rovda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi Putinga (57 foiz), Xitoy rahbari Siga (43 foiz) ishonmasligiga qaramay, Trampdan norozilar 64 foizni tashkil qilgan. Shu bilan birga, eng past ko‘rsatkichlar Meksika rahbari (8 foiz), Turkiya rahbari (11 foiz), Tunis rahbari (12 foiz) va Germaniya rahbari (13 foiz) tomonidan qayd etildi.

So‘rov 2019-yilning may oyidan noyabr oyiga qadar o‘tkazildi. Dekabr oyida NATO sammitida chiqish qilganidan so‘ng Tramp shoshilinch sammitni tark etdi. Bu dunyo rahbarlari Tramp ustidan kulayotgani aks etgan videodan so‘ng yuz berdi. So‘rovda Trampga nisbatan impichment masalasi va Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi ham inobatga olinmagan.

So‘rov natijalarida AQShga nisbatan ijobiy munosabat qayd qilingan bo‘lsa-da, AQSh prezidenti va uning siyosati borasidagi ko‘rsatkichlar butunlay boshqacha aks etgan.

Populistik harakatlar avj olgan mamlakatlarda o‘ng kayfiyatdagilar Tramp siyosatini yoqlashga moyillik bildirgan bo‘lsa, so‘l kayfiyatdagilar, aksincha, tanqidiy munosabat bildirgan.

So‘rov natijalarida keskin farq Isroilda kuzatildi. Isroildagi o‘nglar va so‘llar Trampni ma’qullashda 50 foizlik farqni ko‘rsatgan. Umumiy manzarada isroilliklarning 94 foizi AQShga ijobiy baho bergan bo‘lsa, 37 foiz isroillik arablar unga salbiy munosabatda ekanini bildirdi.

AQShga nisbatan eng yaxshi munosabat Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kuzatildi. 79 foiz polyaklar, 70 foiz litvaliklar va 66 foiz vengrlar unga ijobiy munosabatda ekan.

Niderlandiyada 46 foiz, Shvetsiyada 45 foiz, Germaniyada 39 foiz aholi Amerikani ma’qullamasligini bildirdi.

Trampning bojlar, immigratsiya, Meksika chegarasidagi devor masalasi, Parij iqlim paktidan chiqish borasidagi qarorlari unga bildirilgan ishonchsizlikni ifodalagan. So‘rov ishtirokchilarining 52 foizi AQSh Eron bilan bilan yadro bitimidan chiqishini ma’qullamagan bo‘lsa, 29 foiz respondent bu bitimdan chiqishni ma’qul deb topdi. Yaqin Sharqdagi so‘rov natijalari (66 foiz) AQSh bitimdan chiqishini ma’qul qaror deb topmadi.

So‘rovda ishtirok etganlarning aksari AQSh dunyodagi gegemonligini Xitoyga berib qo‘ymoqda, mamlakat ichki ishlariga o‘ralashib qolmoqda deb hisoblashini ko‘rsatdi.

Respondentlar nazarida, Amerika endilikda jahon jandarmi emas, faqat o‘zini o‘ylayotgan davlat sifatida e’tirof etilmoqda.

NATO Yaqin Sharq hisobiga kengaymoqchi

Payshanba kuni Donald Tramp NATO a’zo davlatlari safini Yaqin Sharq mamlakatlarini qo‘shib olish taklifini berdi va bu taklif AQSh – Eron o‘rtasidagi keskinlik sodir bo‘lib turganda yangradi, deb yozadi The Politico nashri.

Oq Uy rahbari mazkur fikrni NATO rahbari Yens Stoltenberg bilan telefon muloqotidan so‘ng NATO Yaqin Sharqda kengayishi mumkin degan fikrdan quvonganini bildirgan.

Prezident fikrini bayon qilar ekan, NATO Yaqin Sharqda AQShning o‘rnini bosishi lozimligini ta’kidlagan. Sabab sifatida bu mintaqa xalqaro siyosat muammosi ekani bilan izohlagan.

Prezident fikrini davom ettirar ekan, Vashington IShIDni yakson qilishda va Yevropani terrorchilardan xalos qilsihda asosiy vazifani bajargani, buning uchun NATO Vashingtonning Yaqin Sharqdagi o‘rnini bosishi lozimligi bilan izohlagan.

Shu o‘rinda Tramp AQSh NATOga eng katta pul ajratayotgani va boshqa a’zo mamlakatlarning moliyaviy ajratmalari kamligini ham qistirib o‘tgan.

Dam olish kunlari NATO Iroqda IShIDga qarshi askarlarni tayyorlash borasidagi vazifasini tugatishi haqida e’lon qilgan edi. Natijada Eron generali Qosim Sulaymoniy dron hujumi yordamida o‘ldirilgan edi.

AQSh bu voqeani Eron tahdidining oldini olishga qaratilgan chora sifatida izohladi. Seshanba kuni esa Eron hukumati AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga havo hujumi uyushtirdi. Bu voqeadan so‘ng Tramp mintaqadagi keskinlikni yumshatish uchun telemurojaat yo‘lladi.

Stoltenberg AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan NATOning Yaqin Sharqdagi ehtimoliy kengayshi haqida muloqot qildi. Davlat departamenti Yens Stoltenberg bilan o‘tkazilgan muloqotni so‘zma-so‘z e’lon qildi.

Prezident NATO qaysi davlatlar hisobiga kengayishi haqida aniq bir narsa demagan bo‘lsa-da, NATO sovuq urush davrining merosi sifatida a’zolari sonini 12 tadan 29 taga ko‘paytirib oldi.

NATO yaqin kelajakda o‘z safiga Yaqin Sharqdagi qaysidir arab davlatini qabul qilishi hozircha ehtimoli kam voqea bo‘lsa-da, fikrlash uchun ozuqaligi bor gap.

Jahongir Ergashev tayyorladi.

От qwert.uz