10-yanvar kuni soat taxminan 12:25 da yuk poyezdi 20 ta vagoni bilan birga G‘uncha shaharchasidan o‘tuvchi “Chortoq—Namangan” bekatlari oralig‘idagi 96-kilometr 2-piketida ketayotgan vaqtida, temiryo‘lni kesib o‘tayotgan 2-guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Tergov departamenti
Oqibatda Z.Ya. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. “Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti axborotida.
Xuddi shu kuni soat 20:50 da 7-sonli “Moskva—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi “Zarafshon—Jomboy” bekatlari oralig‘idagi 3710-kilometrda ketayotgan vaqtida, temiryo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 53 yoshli piyoda R.B.ni urib yuborgan.
Foto: Tergov departamenti
Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. “Holat yuzasidan Samarqand viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilingan Tergov departamenti xabarida.