AQShning “Gasting Bronkos” klubi futbolchisi Erik Birigitti Avtraliyadagi ta’til vaqtida fojiali o‘lim topdi.

Foto: Twitter

El Caso’ning xabar qilishicha, 21 yoshli germaniyalik futbolchi qoyali sohilda sayr qilib yurgan vaqtda kutilmaganda sirpanib, suvga tushib ketadi. Dengiz to‘lqinlari uni shu zahotiyoq oqizib ketgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Futbolchining do‘stlari unga yordam berishga urinadi, biroq harakatlar samara bermaydi. Voqea joyiga politsiya va qutqaruv xizmati yetib keladi. Tunga borib dengizdan futbolchining tana qismlari topiladi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, Birigittiga ochiq dengizda akulalar hujum qilgan. Biroq u vaqtda futbolchi tirik holatda bo‘lgani yoki joni uzilgani haqida ma’lumot yo‘q.

От qwert.uz