Belarusning Mogilev viloyati sudida 2020-yildagi ilk o‘lim jazosi hukmi o‘qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

Oliy jazo aka-uka Ilya va Stanislav Kostevlarga nisbatan tayinlangan. Ular o‘z o‘qituvchisini o‘ldirib, uning uyini yoqib yuborgan edi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Sudlanuvchilar sud jarayonida o‘z qilmishiga iqror bo‘lgan hamda afsusda ekanligini aytgan.

Jinoyatchilar tayinlangan jazo ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish mumkin.

Belarus Yevropa va MDH davlatlari orasida o‘lim jazosini bekor qilmagan yagona mamlakat.

2019-yilda Belarusda o‘lim jazosiga hukm qilingan uch kishi qatl etilgan, yana uch nafar fuqaroga ushbu jazo tayinlangan.

От qwert.uz