Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ning ko‘ngilochar qismida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Avvalroq Prezident bog‘dagi Adiblar xiyoboni va bo‘lajak Toshkent muzeyida qilinayotgan ishlarni borib ko‘rgani haqida xabar berilgan edi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, Milliy bog‘ hududida zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i barpo etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentabrdagi qarori asosida bunyodkorlik ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, ko‘ngilochar o‘yingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinchi bosqichda 12 gektar huddudda tematik park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo do‘konlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini ta’minlash maqsadida kashtan, qarag‘ay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Istirohat bog‘i to‘liq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. “Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shavkat Mirziyoyev bog‘ning yil bo‘yi ishlashini ta’minlash, oilaviy dam olish uchun imkoniyat yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Bog‘da Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi qadimiy obidalar maketini o‘rnatib, yoshlar va sayyohlarning O‘zbekiston tarixiga qiziqishini oshirish muhimligi ta’kidlangan.

“Shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot bo‘ldi”, — deb qo‘shimcha qilgan Prezident matbuot xizmati. Muloqot tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

От qwert.uz