Ukraina Boeing’ining raketa bilan urib tushirilishi aybdorlari javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, yuridik va texnik masalalar bo‘yicha kelgusida samarali hamkorlik uchun Ukraina ekspertlik guruhiga zaruriy barcha ko‘mak ko‘rsatiladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati tomonidan ikki mamlakat yetakchilarinig telefon suhbati yakunlariga bag‘ishlangan axborotida so‘z boradi.

Shuningdek, Ruhoniy samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning shaxslarini aniqlash va repatriatsiya qilish jarayonini imkon qadar tez o‘tkazishga va’da bergan. “Qarindoshlari vidolasha olishlari uchun, kelgusi haftadayoq — 19-yanvargacha halok bo‘lganlarning jasadlarini Ukrainaga qaytarish biz uchun favqulodda muhim ahamiyatga ega”, — deya ta’kidlagan Zelenskiy telefon suhbati davomida.

Eron “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning 8-yanvar kuni qulagan samolyoti Eron havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tasodifan urib tushirilganini 11-yanvar kuni tongda tan oldi. Ukraina prezidenti Eron rahbariyatining bayonotini “kerakli yo‘nalishda tashlangan qadam” deb atadi.

Tehron yaqinida qulagan Boeing bortida 176 kishi, jumladan, 11 nafar ukrainalik, shuningdek, Kanada va Buyuk Britaniya fuqarolari bo‘lgan.

От qwert.uz