Fransiyadagi Louis Vuitton modalar uyi dunyodagi ishlov berilmagan eng yirik olmosni sotib oldi, deb xabar berdi Meduza.

Foto: EPA

Ushbu xarid qiymati ochiqlanmagan. Biroq Antverpen olmos birjasi sobiq prezidenti Marsel Pruver qimmatbaho toshning taxminan 50 million dollar turishini aytgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Qayd etilishicha, Louis Vuitton modalar uyi olmosni maydalab undan brilliant yasaydi.

“Bizni yuqori darajadagi zargarlik buyumlariga e’tibor qaratishimizni hech kim kutmagan”, — deydi modalar uyi vakili.

1758 qirotli olmos 2019-yilda Botsvanada Kanadaning Lucara Diamond kon kompaniyasi tomonidan qazib olingan. Qimmatbaho toshga “Sevelo” deb nom berilgan. Bu so‘z “noyob topilma” deya tarjima qilinadi.

От qwert.uz