Chechenistonni Muslim Xuchiyev vaqtinchalik boshqarib turadi. Ramzan Qodirov davolanmoqda
Ramzan Qodirov o‘z o‘rniga Chechenistonni vaqtinchalik boshqarib turish uchun hukumat rahbari Muslim Xuchiyevni tayinladi. Bu haqdagi qaror 2020-yil 13-yanvardan kuchga kirgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”
Ma’lum bo‘lishicha, Ramzan Qodirov ayni paytda davolanmoqda. Bu ma’lumotni axborot agentligiga Checheniston rahbarining matbuot kotibi Alvi Karimov tasdiqlagan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Muslim Xuchiyev 2019-yilning 11—16-fevral kunlari Ramzan Qodirov betobligi bois Checheniston rahbari vazifasini bajarib turgan. Ma’lumot uchun, Xuchiyev Checheniston hukumatini 2018-yildan beri boshqarib keladi.