Bugun, 21-yanvar kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga nomzod tasdiqlandi.

Qo‘shma majlisda qatnashayotgan 150 nafar deputatdan 148 nafari, 97 senatordan 94 nafari Abdulla Aripov nomzodini ma’qullab ovoz berdi. Bir nafar deputat betaraf qolgan, yana biri ovoz bermagan; senatorlardan uch kishi ovoz bermagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Shu tariqa Abdulla Aripov bosh vazir lavozimini saqlab qoldi. U 2016-yilning 14-dekabridan beri bosh vazir lavozimida ishlab kelmoqda.

Abdulla Aripov mustaqil O‘zbekiston tarixidagi to‘rtinchi bosh vazir hisoblanadi.

Foto: “Daryo”

От qwert.uz