Uy-joy qurilishiga xususiy sektorni faol jalb qilmasdan turib, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash mumkin emas. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Shu sababli, Prezidentning ta’kidlashicha, yangi ipoteka tizimi joriy etilmoqda. Bu borada viloyatlardagi shaharlar va Toshkent shahrida 18 mingga yaqin hamda qishloqlarda 4 mingta uy-joy xususiy sektor tomonidan quriladi. Davlat, banklar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash maqsadida, ularga qariyb 4 trillion so‘m mablag‘larni auksionlar orqali ajratadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yilda qancha uy qurildi va aholi ehtiyojini to‘la qondirish uchun yana qancha qurish kerak?

“Qaysi qurilish tashkiloti arzon, sifatli, muddatini ta’minlab, odamlarga ma’qul taklif bilan chiqsa, auksion orqali o‘zi yutib olsin. Moliyada, bankda o‘tirganlar u 4 trillion so‘mni xohlagan odamga berish zamoni o‘tdi, korrupsiyani yo‘q qilishning bitta-yu bitta yo‘li — auksion”, — dedi Prezident.

Qayd etilishicha, kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shaharlarda 16 ming oilaga uy-joy olishga boshlang‘ich badal va kredit foizini qoplashga byudjetdan 1 trillion so‘m subsidiya ajratiladi.

“Yuragimdagi bir niyatimni sizlarga aytmoqchiman. Hammamiz ham o‘z vaqtida uy olish, propiskaga o‘tish bo‘yicha muammolarga duch kelganmiz, 50—60 yoshdagi o‘rta yosh vakillarini, ayniqsa, Toshkentga yoki katta shaharlarga kelib ishlayman deganlarni hayotida eng qiynagan narsa — uy va propiska edi. Mening eng katta niyatim shuki, Vatanimiz ichra har bir inson, o‘zining ‘kichik vatani’ga – uy-joyiga ega bo‘lsa, bizdan

От qwert.uz