Shpitsbergen gubernatori Lars Fauz Gollivud aktyori Tom Kruzning jamoasiga “Uddalab bo‘lmas topshiriq 8” filmining suratga olish jarayonlari uchun kerak bo‘lgan arxipelagga vertolyot qo‘nishiga ruxsat bermadi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.
— Manba: «Daryo» nashri.
Kruz Shpitsbergenda yangi blokbasterning bir nechta sahnalarini suratga olishni rejalashtirgan. Film ijodkorlari Norvegiya rasmiylaridan 30 ta vertolyot qo‘nishiga ruxsat so‘ragan.
Gubernator rad javobini mahalliy tabiatga zarar yetkazishini istamasligi bilan izohladi. Shuningdek, atrof-muhit masalalari departamenti loyiha ijodkorlariga mansabdor shaxslarning vazifasi “Shpitsbergendagi zarar yetmagan muhitni” saqlab qolish ekanini tushuntirdi.
“Arxipelagda sayohat qilish insonlar va hayvonlarga ortiqcha noqulaylik tug‘dirmaydigan tarzda amalga oshirilishi kerak”, — deydi department a’zosi.
“Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmi ijodkorlari Norvegiya hukumati qarori ustidan shikoyat qilmoqchi. Tom Kruz ishtirokidagi ushbu filmining sakkizinchi qismi premyerasi 2024-yilda bo‘lib o‘tadi. Loyihaga Kristofer Makkuarri rejissorlik qilmoqda.