O‘t o‘chiruvchilar va politsiya to‘qnashuvi, uyqusizlikka qarshi aksiya, koronavirusdan himoya. 28-yanvarning eng qiziqarli suratlari
Bugun, 28-yanvar kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Tokio, Yaponiya
Tokio metrosida tonggi tig‘iz payt

Foto: AFP
Vashington, AQSh
AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uydagi Oval kabinet yonida suhbatlashmoqda.

Foto: Reuters
Parij, Fransiya
Namoyish o‘tkazayotgan fransuz o‘t o‘chiruvchilari politsiya bilan to‘qnashdi. O‘t o‘chiruvchilar 1990-yildan beri oshirilmagan mukofot pullari qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda. Shuningdek, ular pensiya islohotiga qarshi chiqmoqda.

Foto: Reuters
Gonkong, Xitoy
Temiryo‘l bekatida poyezd kutayotgan, niqob va suzuvchilarning ko‘zoynagini taqib olgan yo‘lovchi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi, yana salkam 1300 ta yangi kasallanish holatlari tasdiqlandi.

Foto: AFP
Nyu-York, AQSh
Manxettendagi metropolitenning “42-ko‘cha Brayant Park” bekati nomi vandallar tomonidan 26-yanvar kuni vertolyot halokatida vafot etgan basketbolchi Kobi Brayant sharafiga o‘zgartirib qo‘yildi.

Foto: Reuters
G‘azo sektori
Falastinlik qochoqlarning Ash-Shati lageridagi qizaloq.

Foto: AFP
Nyurnberg, Germaniya
Nyurnbergda xalqaro o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi boshlandi. Suratda: aktyorlar shahzoda Uilyam, malika Keyt va ularning o‘g‘li Jorj obrazida.

Foto: EPA
G‘azni, Afg‘oniston
Afg‘onistonning markaziy qismida qulagan AQShning Bombardier E-11A samolyoti.

Foto: AFP
Praga, Chexiya
Uyqu yetishmovchiligiga e’tibor qaratish uchun talabalar Praga metrosida norozilik aksiyasi o‘tkazdi.

Foto: EPA
G‘arbiy Nusa-Tengara, Indoneziya
Koronavirus bilan zararlangani tasdiqlangan bemorlar izolyatoridagi tibbiyot xodimi.

Foto: AFP
Bag‘dod, Iroq
Hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etayotgan yigit “molotov kokteyli”ni qo‘lida ushlab turibdi.

Foto: Reuters
Manila, Filippin
Aviahalokatda qizi bilan vafot etgan amerikalik basketbolchi Kobi Brayant xotirasi uchun Manilada graffiti chizildi.

Foto: AP
Uels, Britaniya
Uelsdagi hayvonot bog‘ida noyob sharqiy qora karkidon tug‘ildi.

Foto: Reuters
Norduk, JAR
Keyptaun yaqinida o‘rmon yong‘inlari yuz bermoqda.

Foto: EPA
Hindiston
Hindistonda suv sportlari festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: EPA
Azaz, Suriya
Suriya shimoli-sharqidan ko‘chirilgan bolalar yuk mashinasi kuzovida ketmoqda.

Foto: Reuters
Shanxay, Xitoy
Shanxaydagi aeroport xodimasi koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan.

Foto: Reuters
Gavana, Kuba
Kubaliklar milliy qahramon Xose Martining tug‘ilgan kuni sharafiga uyushtirilgan “Mash’alalar marshi”ga chiqdi.

Foto: EPA
Barsalo, Burkina-Faso
10 ming kishilik qochoqlar lageridagi qizaloq.

Foto: AFP