Xitoyning Uxan shahrida tarqalishni boshlagan koronavirusdan hozirgacha 170 kishi vafot etdi. Virusni yuqtirib olganlar esa 7711 kishiga yetdi. Virusni hatto Xitoyga bormaganlar ham yuqtirib olgan holatlar qayd etildi. Koronavirusdan himoyalanish uchun butun dunyoda amalga oshirilayotgan ishlar haqida Reuters fotogalereya e’lon qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Bangkokdagi aeroportda Thai Airways ekipaji a’zolari samolyot kabinasini dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Reuters
Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar koronavirus sababli Xitoyga parvozlarni bekor qilmoqda
Kanadaning Toronto shahridagi aeroportga qo‘ngan samolyot ekipaji a’zolari himoya niqoblarini taqib oldi. Kanadada ham koronavirus bilan bir necha kishi kasallangani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Reuters
BAAda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etilganidan so‘ng Dubay aeroportiga kelib qo‘ngan sayohatchi himoya niqobini taqib olmoqda.

Foto: Reuters
Kuala-Lumpurdagi savdo markazi yaqinida niqob taqib o‘ynayotgan qizaloq.

Foto: Reuters
Kuala-Lumpurdagi dorixonada barcha turdagi himoya niqoblari sotib bo‘lingani haqida e’lon osib qo‘yilgan.

Foto: Reuters
Mavzuga doir: Pekin ma’muriyati tibbiyot niqoblari narxini oshirgan dorixonachilarni jarimaga tortmoqda
Shanxaydagi dorixonadagi yozuv: “Bugun yuzga taqiluvchi barcha niqoblar sotib bo‘lindi. Ertaga soat 8:30 dan boshlab bitta xaridda 10 tagacha sotib olish mumkin”.

Foto: Reuters
Melburnda niqob taqqan qiz mushukni ushlab turibdi. Hozirda Avstraliyada ham koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilgan.

Foto: Reuters
Nepalda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etilganidan so‘ng maktab o‘quvchilari himoya niqoblarini taqishni boshladi.

Foto: Reuters
Xitoyning Xunan provinsiyasida niqob taqib olgan taksi haydovchisi.

Foto: Reuters
Seulda sayohatchilar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan.

Foto: Reuters
Toronto shahridagi Chaynataunda niqob taqqan ofitsiant mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Kanadada koronavirus bilan kasallanishning uchta holati qayd etilgan.

Foto: Reuters
Ar-Riyod aeroportida Xitoydan kelib qo‘ngan samolyot yo‘lovchilari Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.

Foto: Reuters
Xitoyning Xunan provinsiyasidagi yerosti avtoturargohini ishchilar dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Reuters
Shanxaydan kelib qo‘ngan samolyot yo‘lovchilari Los-Anjeles aeroportini tark etmoqda.

Foto: Reuters
Janubiy Koreyaning Inchxon aeroportiga Xitoydan uchib kelgan samolyot yo‘lovchisi tekshirilmoqda.

Foto: Reuters
Gonkongda xaridor supermarketning bo‘shab qolgan peshtaxtalari oldidan o‘tmoqda.

Foto: Reuters
Bangkokda niqobda yurgan odamlar.

Foto: Reuters
Inchxon aeroportiga Xitoydan uchib kelgan yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tishni kutmoqda.

Foto: Reuters
Iordaniya poytaxti Ammandagi koronavirus bilan zararlanganlarni qabul qilishga mo‘ljallangan shifoxonaning maxsus bo‘limidagi xavfsizlik xodimi.

Foto: Reuters