AQShning Google korporatsiyasi koronavirus xavfi sababli Xitoydagi, shu jumladan, Gonkong va Tayvandagi barcha ofislarini vaqtincha yopishini e’lon qildi. Bu haqda The Verge nashriga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Google Images

Ayni paytda Google’ning Xitoyda joylashgan ofislari uzaytirilgan Yangi yil ta’tillari sababli ishlamayapti  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. . Xitoy hukumati aholini uyda qolish va sayohat qilishdan tiyilishga chorlagan holda virus tarqalishini kamaytirishga harakat qilmoqda. Google vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya hukumat ko‘rsatmalariga muvofiq o‘z idoralarini yopiq holda saqlashni davom ettirishni rejalashtirmoqda va Xitoyga xizmat safarlarini amalga oshirishga vaqtincha cheklovlar ham kiritdi.

Kompaniya xitoylik xodimlariga va qarindoshlari yaqinda Xitoyda bo‘lib qaytgan ishchilariga uyga qaytishni va uyga kelganidan keyin kamida 14 kun uyidan ishlashni tavsiya etmoqda.

Google xizmatlarining aksariyati Xitoyda ishlamasligiga qaramay, kompaniyaning mamlakatda to‘rtta vakolatxonasi mavjud. Shuningdek, Google Xitoyda Pixel smartfonlari va Google Home aqlli kolonkalarini sotish bilan shug‘ullanadi.

Apple va Facebook ham mazkur hafta o‘z xodimlarining ishga chiqishini chekladi. Shuningdek, Apple Xitoyda bitta do‘konini yopganligini va ishchilar haroratini doimiy ravishda o‘lchab turganini ma’lum qildi. Apple’ning Osiyodagi yetkazib beruvchilari kompaniyaning iPhone ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejasi koronavirusning tarqalishi sababli buzilishi mumkin, chunki ko‘plab iPhone yig‘ish zavodlari Xubey provinsiyasiga tutash bo‘lgan Xenan va Guandun provinsiyalaridagi shaharlarida joylashgan. Samsung kompaniyasi ham Xitoyda zavodlarning yopilishini ma’lum qildi.

От qwert.uz