Bazida kimningdir hayoti sizga bog‘liq. Bazida sizning rahmdillik qilishingiz kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Qon donorligi – yurtimiz zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb mavzularidan biridir. 30 milliondan ortiq fuqaro yashovchi davlatda 1000 nafar odamdan faqatgina 5 kishi ixtiyoriy ravishda qon topshiradi. Demak, yurtimiz aholisining atigi 0,5 foizi qon donoridir. Afsuski, barcha qonga muhtojlarni saqlab qolish uchun topshirilayotgan qon miqdori yetarli emas. Shu sababli Artel kompaniyasi “Donor kuni” nomli ichki aksiya uyushtirdi. Ushbu aksiyada quyidagi ishlab chiqarish bazalari qatnashdi: Artel Tashselmash, Rohat, Sariko‘l, Orzu va Jomiy. Kompaniya xodimlari, bo‘lim boshliqlaridan tortib zavod ishchilarigacha mutlaq ixtiyoriy ravishda qon topshirishdi. Topshirilgan qon miqdori 540 nafar qonga muxtojlarni saqlab qolish uchun yetarlidir.
Qon topshirish uchun nimalarni bilish lozim?
Donorlik qoniga bo‘lgan muhtojlikni qondirish uchun yakka Artel kompaniyasining sa’y-harakatlari yetarli emas. Yurtimiz aholisi qadimdan o‘z rahmdilligi, mehr-shafqatliligi bilan ajralib turadi. Qon topshirish esa eng xayrli, eng olijanob ishlardan biridir. Biz ishonamiz, bunday olliyhimmat vazifani amalga oshirishni ko‘pchilik fuqarolarimiz o‘zi uchun sharaf deb biladi.
Yurtimiz fuqarolari qon topshirish uchun nimalar zarurligi va qayerga murojaat qilish lozimligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Avvalambor aytish joizki, qon topshirish jarayoni butunlay xavfsiz va og‘riqsizdir. O‘zbekiston Respublikasi Qon quyish markazi sterillangan bir martalik qon quyish uskunalaridan foydalanadi va xavfsizlik texnikasiga to‘liq rioya qiladi (bularning barchasiga Artel xodimlari ishonch hosil qilishdi).
Alohida aytish joizki, qon donorligi sizning organizmingiz uchun ham foydalidir: qon topshirilganda tanadagi qon yangilanadi. O‘tkazilgan islohotlar shuni ko‘rsatdiki, qon topshirgandan so‘ng, tez orada odam tanasi tetiklashadi, kayfiyat esa ancha yaxshilanadi. Bundan tashqari muntazam qon topshirganda odam yurak-qon tizimi ancha yaxshilanadi, turli yurak xastalari bilan kasallanish xavfi esa sezilarli darajada pasayadi.
Artel kompaniyasi qon topshirish aksiyasini muntazam o‘tkazishni rejalashtirgan va sizni ham bunday xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiradi. Qon topshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qon topshirish markaziga murojaat qiling.
Qo‘shimcha ma’lumotni ushbu raqam bo‘yicha bilib olishingiz mumkin: +998(98)367-40-06.
Reklama huquqi asosida.