Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqdi

Byqwert.uz

1 февраля, 2020

Buyuk Britaniya 1-fevralga o‘tar kechasi 47 yillik a’zolikdan so‘ng, Yevropa Ittifoqini tark etdi. Bu 31-yanvar Grinvich vaqti bo‘yicha soat 23:00 da sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Getty Images

Londondagi Vestminster saroyi qarshisida Britaniyaning ittifoqdan chiqishini nishonlash uchun yuzlab odam to‘plandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Ular vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni kuylagan, Brexit’ni qo‘llab-quvvatlovchi siyosatchilar so‘zga chiqqan. Yevropa Ittifoqidan chiqishga qarshi bo‘lgan britanlar esa Londonda marsh uyushtirgan. Shotlandiyada ham Brexit’ga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi.

BBC News (UK)@BBCNews

The UK has officially left the European Union, after 47 years of membership — the UK departed at 23:00 GMT — midnight in Brusselshttp://bbc.in/2RMEkJZ 

Embedded video

2,5634:40 AM — Feb 1, 2020Twitter Ads info and privacy1,615 people are talking about this

31-yanvar kechasi Yevropa kengashining Bryusseldagi qarorgohi oldidan Britaniya bayrog‘i olib qo‘yilgan. Buyuk Britaniyadagi binolardagi barcha Yevropa Ittifoqi bayroqlari pastga tushirilgan.

Sky News@SkyNews

This is the moment the Union Flag was removed from the EU Council building in Brussels ahead of #Brexit.

Follow #BrexitDay live here: https://trib.al/QyaL545 

Embedded video

5,30712:29 AM — Feb 1, 2020Twitter Ads info and privacy3,209 people are talking about this

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi dastlab 2019-yilning mart oyiga mo‘ljallangan edi, biroq parlament va hukumat o‘rtasida yakdil qarorga kelinmagani sabab bir necha bor qoldirilgan.

2019-yilning dekabrida Brexit’ning tezroq amalga oshishi tarafdori bo‘lgan bosh vazir Boris Jonsonning Konservatorlar partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan edi.