Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi o‘ta dolzab va jiddiyligiga to‘xtalarkan, O‘zbekistondagi bojxona postlaridan birining rahbari sodir etgan qonunga zid harakatlar haqida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan chora-tadbirlar vaqtida “bir kichkina bojxona posti rahbari”ning uyidan 400 ming dollar pul chiqqan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
“Dunyo hamjamiyati bizni tan olsin deb shuncha harakat qilib yotibmiz, bitta postning boshlig‘i esa 400 ming dollar o‘g‘irlab tursa — nima bo‘ladi?”, — deya savol qo‘ydi shu holat yuzasidan davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 2020-yilgi Murojaatnomasida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etishni taklif qilgandi. 31-yanvardagi uchrashuv vaqtida esa davlat rahbari yangi tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri qanday bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tdi.