AQSh prezidenti Donald Tramp 6 mamlakat, shu jumladan, Qirg‘iziston fuqarolariga viza berishni chekladi. Bu haqda Oq uy saytida ma’lum qilindi.

Foto: AP

Eritreya, Myanma, Nigeriya, Sudan va Tanzaniya mamlakatlari ham cheklovlarga uchradi. Ta’kidlanishicha, ushbu davlatlar shaxsiy identifikatsiyani boshqarish tartibini bajara olmaydi yoki milliy xavfsizlikning asosiy talablariga javob bermaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. 

“Agar chet el davlati immigratsiyasi Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurishdan foyda olishni istasa, AQSh huquq-tartibot idoralari va razvedka mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan asosiy xavfsizlik shartlariga javob berishi shart”, — deyiladi Oq uy bayonotida.

Cheklovlar AQShda yashashni rejalashtirgan muhojirlarga taalluqli bo‘lib, sayyohlar yoki biznesmenlarga tatbiq etilmaydi.

Yanvar oyida Trampning 7 ta mamlakat fuqarolariga viza berishni cheklash rejasi ma’lum qilingandi. 2017-yilning sentabr oyida esa AQSh milliy xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida Eron, Liviya, Somali, Suriya, Yaman, Venesuela, Shimoliy Koreya va Chad fuqarolariga kirishni taqiqlagan. Bunday taqiq terrorchilarning AQSh hududiga kirishining oldini olishga yordam beradi, deb taxmin qilinmoqda.

От qwert.uz