O‘zbekiston fuqarolarini Xitoyning Uxan shahri va boshqa hududlaridan olib kelish uchun tashkil qilingan charter reysning dastlabki samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar bo‘yicha  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. , tajribali mutaxassis va epidemiolog-shifokorlari yo‘lovchilarni samolyotga chiqish paytida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, parvoz paytida biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha zarur vositalarga ega bo‘lgan.

Xitoydan olib kelingan o‘zbekistonliklar koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtirildi.

Xabar berilishicha, tashkil qilingan vaqtincha karantin muassasalarida yuqumli kasalliklar bo‘yicha malakali virusolog, epidemiolog va boshqa yetakchi shifokor-mutaxassislar ish olib boradi. Ular xavfli infeksiyalarga qarshi kurashda tashxis qo‘yish, davolash hamda karantin tadbirlarini tashkillashtirish tajribasiga ega. Shifokorlar karantin muassasasida belgilangan muddat yakuniga yetgunga qadar faoliyat olib borishadi.

Foto: Sog‘liqni saqlash matbuot xizmati

От qwert.uz