Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.  Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Vafot etganlarning katta qismi — 618 kishi Uxan shahriga joylashgan Xubey provinsiyasiga to‘g‘ri kelmoqda. Kasallik ilk bor aynan shu shaharda paydo bo‘lgandi.

Qayd etilishicha, provinsiyada so‘nggi sutka davomida 2 447 ta yangi kasallanish tashxisi qo‘yilgan. Shu bilan birga bu vaqt davomida kasallikdan tuzalgan 184 nafar mijozga kasalxonadan javob berilgan.

Ayni payda mamlakat hududidan tashqarida yangi qurbonlar yo‘q. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti birinchi marta Xitoyda koronavirus infeksiyasini yangi yuqtirib olganlar soni kamaganini qayd etdi. Shuningdek, xabarda aytilishicha, JSST koronavirus vaksinasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan global forum tashkil etilishini e’lon qilgan. Uchrashuv 11, 12-fevral kunlari tashkilotning Jenevadagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qilgandi. Shuningdek, Xitoy koronavirusga qarshi 3 yildan beri mavjud bo‘lgan doriga patent olmoqchi ekanligi ma’lum qilingan.

От qwert.uz